Farzand rejalashtirish, homiladorlik va bola parvarishini birlashtirgan sun'iy intellektga asoslangan ekotizim.
Yosh oilalar farzand ko'rish va uni tarbiyalash zanjirida asosan quyidagi 3 ta og'riqli muammoga duch kelishadi.
Farzand istagidagi oilalar homiladorlikka tayyorgarlik ko'rish, ginekologik salomatlik va biologik sikllarni hisoblashda ishonchli tibbiy ma'lumotlarga ega emaslar.
Ayollar homila rivojlanishini, kundalik taqiqlarni bilishmaydi. Murakkab tibbiy tahlil natijalarini tushuna olmaslik internetdagi vahimalardan stressga soladi.
Farzand tug'ilgach (0-3 yosh), onalarda o'sishni monitoring qilish va eng asosiysi — chaqaloq yig'isining aniq sababini tushunish bo'yicha amaliy tajriba yetishmaydi.
Tarqoq ilovalardan voz keching. Biz 3 ta asosiy bosqichni uzluksiz, sun'iy intellekt nazorati ostida birlashtirdik.
Homiladorlikka to'g'ri tayyorgarlik. Biologik sikllarni kuzatish, shifokorlar tavsiyasi asosida organizmni ginekologik va gormonal jihatdan tayyorlash.
Interaktiv 3D vizualizatsiya, haftalik o'zgarishlar, taqiqlar ensiklopediyasi va murakkab tibbiy tahlillarni (analiz) tezkor tushunish imkoniyati.
0-3 yoshgacha bo'lgan davr. O'sish grafikasini (Growth Tracker) yuritish, emlash taqvimi, motorika o'yinlari va chaqaloq ehtiyojlarini anglash.
Biz shunchaki ma'lumot bermaymiz. Bizning neyron tarmoqlar onalarga real vaqt rejimida amaliy yordam ko'rsatadi.
Murakkab tibbiy tahlil (analiz) varaqlarini rasmga olib, ularni soniyalarda oddiy o'zbek tilida tushunib oling.
Chaqaloq yig'isini audio orqali tahlil qilib, uning asosiy sababini (ochlik, og'riq, charchoq) aniq ko'rsatib beradi.
Bolaning ismiga moslab AI yozgan maxsus ertaklarni aynan ONA ovozida sintez qilib o'qib berish tizimi.
Davlat emlash taqvimi, mahalliy poliklinikalar navbati va aqlli soat orqali puls/bosim nazoratini birlashtiruvchi ekotizim.
Loyihada kuchli tajribali mutaxassislarga ega katta jamoa mavjud.
Korxona rahbari (CEO)
Startup Garage, IT Park tajribasi
Texnik rahbar (CTO)
AI va Dasturiy arxitektura
Marketolog (CMO)
B2C Marketing & PR
Backend dasturchi
Maslahatchi
SMM Manager